Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kim oladi? "Real" ikki superyulduzga narx belgiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi ular kerak emas

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasi davomida yarim himoyachilar Eduardo Kamavinga va Federico Valverdeni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Foot Mercato nashri. 

Ispaniyalik jurnalist Migel Serrano ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati har ikki futbolchi uchun taxminiy transfer narxini belgilab bo‘lgan.

Fransiya terma jamoasi a’zosi Eduardo Kamavinga uchun madridliklar 50 million yevro atrofida mablag‘ ishlab topishni rejalashtirmoqda. 23 yoshli yarim himoyachi 2021 yili "Renn" klubidan "Real" safiga 30 million yevro evaziga qo‘shilgan va 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma bilan jamoaga bog‘langan. Madrid klubi unga Angliya Premer-ligasi jamoalari tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lishiga umid qilmoqda.

Shu bilan birga, qator ispan nashrlari yozishicha, Kamavinganing o‘zi "Real"ni tark etish niyatida emas. Bu esa ehtimoliy kelishuvni amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkin.

Federiko Valverde borasida esa "Qirollik klubi" urugvaylik futbolchi uchun kamida 100 million yevro talab qilmoqda. Manbaga ko‘ra, yarim himoyachining ehtimoliy ketishi faqat sport natijalari bilan bog‘liq emas. Jamoa kiyinish xonasidagi muammolar, jumladan, Valverde bilan Orelien Tchuameni o‘rtasidagi nizo vaziyatga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Yozda "Real" tarkibi jiddiy yangilanadi. Ispaniya OAVlari bir necha yangi futbolchilar kelishi, shuningdek, omadсиз mavsumdan so‘ng klubni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar soni ko‘p bo‘lishi haqida xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q