
Klaressa Shilds: "Men Jeyk Polni er tishlataman"
Boks bo‘yicha amerikalik jahon chempioni Klaressa Shilds (15-0, 3 KO) hamyurti Jeyk Pol (11:1) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Buning iloji bormi, bilmayman, biroq men Jeykni er tishlatishim rost va bunga qo‘shilmaydiganlar boksni umuman tushunmaganlardir. Kimdir bloger ikkita Olimpiya oltin medali va bir nechta professional unvonlarga ega bo‘lgan ayol bokschini mag‘lub etishi mumkin, deb o‘ylashi men uchun juda g‘alati. Polning mahorati etarli emas. U ko‘proq mashq qilishi kerak. Rostini aytsam, men tez orada jang qiladigan qiz Daniella Perkins ham Jeykni enga oladi” – dedi Shilds.
Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol oxirgi janggida boks afsonasi Mayk Tayson ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Fikrlar