Klopp: "Bizda xarakterga boy jamoa, tarkib va akademiya bor"

  • 25 fevral, 2024, 23:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" Angliya liga kubogi finalida "Chelsi"ni taslim qilib, kubokni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Qanday ajoyib oqshom. Bizda xarakterga boy jamoa, tarkib va akademiya bor. G‘alabaga loyiq edik. Bolalarni o‘yinga tayyorlayotgan paytim ko‘pchilik yutqazdik, deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin, lekin bunday bo‘lmadi. Ular nima qilish kerakligini aniq bilishardi", - dedi germaniyalik mutaxassis. 

Rasm

Klopp shuningdek hakamlarni ham tanqid qildi:

"Bugungi referi o‘yin darajasiga mos emasdi. Gravenberchga nisbatan qoida buzilmadi, deb topildi. Men videoni ko‘rdim. Bu vaziyatda kartochka ko‘rsatilishi kerak edi", - deya ta’kidladi Yurgen. 

Rasm

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!