Klopp ikkita variantdan birini tanlashi kerak
Yurgen Klopp murabbiylikka qaytishga tayyor.
"Borussiya Dortmund" va "Liverpul" jamoalari sobiq ustozi Yurgen Klopp yana katta jamoada ish boshlashi mumkin. Germaniyalik mutaxassis Madridning "Real" klubida ishlash variantini ko‘rib chiqmoqda.Bu haqida insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Klopp murabbiylik faoliyatiga "Real Madrid" yoki Germaniya terma jamoasida ishlash orqali qaytishni istayapti. Qayd etilishicha, nemis "qaymoqranglilar"ni boshqarish variantini ko‘proq ma’qullagan.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi"ni hozirda Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda.
Fikrlar