Klopp: "Liverpul" - "Siti" - APL tarixidagi eng yorqin to‘qnashuv?!"

  • 8 aprel, 2022, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" bilan kechayotgan raqobat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, ikkala jamoa ham hozir eng yuqori darajada.

Tecno

"Liverpul" - "Manchester Siti" APLning eng yorqin to‘qnashuvi? Ha, balki shundaydir. Ikki jamoa ham ayni payt kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda.

Qiziqarli o‘yin bo‘lishini tahmin qilyapman. Bilaman, ko‘pincha bunday tahminlar o‘zini oqlamaydi. Lekin bu safar rostan shiddatli uchrashuv ko‘rishimiz ehtimoli katta. Sababi, bu juda muhim va e’tibor markazidagi to‘qnashuv.

G‘alaba qozonsak, 2 ochko oldinga chiqib olamiz. Mag‘lub bo‘lsak, 4 ochkoga ortda qolamiz. Durang ikki tomon uchun hech narsani anglatmaydi. Ya’ni vaziyat o‘zgarmay qoladi. 

Bu juda katta ahamiyatga ega bahs. 14 yoki 15 ochko ortda qolayotgan bo‘lganimizda ham men shu gaplarni ayta olardim", - dedi germaniyalik mutaxassis.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!