Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Klopp yangi lavozimda ish boshlaydi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Tajribali mutaxassis futbolga qaytmoqda

"Red Bull" kompaniyasi Yurgen Kloppni futbol rahbari etib tayinlaganini e’lon qildi.

Nemis mutaxassisi 2025 yilning 1 yanvaridan ish boshlaydi.

57 yoshli Klopp o‘zining yangi lavozimida "Red Bull" klublarining xalqaro tarmog‘ini strategik boshqarish uchun mas’ul bo‘ladi 

Kompaniya mutaxassisning klublar kundalik faoliyatida ishtirok etmasligini aytdi. U sport direktorlariga yordam beradi. Yurgen shuningdek, skautlik xizmatlarini nazorat qiladi va murabbiylarni tayyorlaydi.

Ma’lumot uchun, "Red Bull" kompaniyasi Germaniyaning " RB Leyptsig", Avstriyaning "RB Zaltsburg" va Amerikaning "Nyu-York RB" klublariga egalik qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q