
Kloppning yangi mavsum oldidan umidlari katta
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub kelajagi haqida gapirdi.
Ayni damda "qizillar" Angliya premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, jamoa 2023 yilda tarkibni kuchaytirish uchun transferlar bozoriga katta mablag‘ sarflashi mumkin, jumladan, rahbariyat o‘z rejalariga Jud Bellingem va Entso Fernandesni kiritgan.
"Kelajak haqida gapiradigan bo‘lsam, buning yorqin bo‘lishiga ishonchim komil. Ochig‘i, men transferlar bozoriga sarmoya kiritilishiga qarshi emasman. O‘ylaymanki, bizni juda ko‘p yaxshi xabarlar kutmoqda", — dedi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" APL navbatdagi turini "Aston Villa"ga qarshi 26 dekabr kuni o‘tkazadi. Kecha jamoa "Man Siti"ga Liga kubogi doirasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar