Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medallari "Al-Ahli"ga nasib etdi

  • 11 fevral, 2021, 23:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval, Qatarda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatinig 3-o‘rni uchun o‘tkazilgan Misrning “Al-Ahli” hamda Braziliyaning “Palmeyras” klublari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda 3:2 hisobida “Al-Ahli”ning qo‘li baland keldi va shu tariqa, Misr klubi jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. 3-o‘rin uchun bahs

"Al-Ahli" - "Palmeyras" 0:0 (penaltilar seriyasi 3:2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!