Komapni: “Bavariya g‘alabaga munosib edi”

  • 16.04.2026 04:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani “Real Madrid” ustidan qozonilgan g'alaba (4:3) haqida fikr bildirdi.

“O'yin juda emotsional o'tdi. Biz ko'p to'pga egalik qildik va har doim gol urishimiz mumkinligini his qilib turdik. Ammo “Real” baribir “Real” — ularda juda tezkor va xavfli futbolchilar bor.

Yigitlar ruhiy jihatdan kuchli bo'ldi va qiyin vaziyatlardan chiqib ketdi. Muxlislar ham bizga yordam berdi. Biz hotirjamlikni saqladik va o'z imkoniyatimizni kutib turdik. Yigitlar bu g'alabaga loyiq edi”, — dedi Kompani.

Ma'lumot uchun, myunxenliklar yarim finalda PSJ bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!