Kompani: "Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun hamma imkoniyat bor"
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasining "Real Madrid" ustidan qozongan g‘alabasidan mamnun ekanini bildirdi.
"Bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi. "Santyago Bernabeu"da so‘nggi daqiqalarda bosim kuchaydi, lekin jamoa bunga tayyor edi. Bizda yana imkoniyatlar bo‘ldi, ulardan ham foydalanishimiz kerak edi. Javob o‘yinida yana gol urishga harakat qilamiz.
Men "Bavariya" keyingi bosqichga chiqolmasligi uchun sabab ko‘rmayapman. Lekin "Real" ham juda kuchli jamoa. Noyer esa yana bir bor o‘z darajasini ko‘rsatdi — u jamoa uchun juda muhim", — dedi Kompani.
Fikrlar