Asosiy mazmunga oʻtish
Komapni: "Bundesliga o'yinlari ko'pchilik o'ylaydiganidek oson emas"

Komapni: "Bundesliga o'yinlari ko'pchilik o'ylaydiganidek oson emas"

  • 0
  • Futbol

Vensan Kompani Bundesligada oʻyinlarning koʻpchilik hisoblaganidek oson emasligini aytib oʻtdi.

Bugun "Bavariya" uning qoʻl ostida "Augsburg"ga qarshi 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Bu myunxenliklar uchun 2025 yil mart oyidan beri chempionatdagi ilk magʻlubiyat hisoblanadi.

— Koʻpincha odamlar Bundesliga oson boʻldi, deb oʻylashadi. Bu toʻgʻri emas. Bunday natija har bir ochko uchun qanchalik kurashish kerakligini koʻrsatadi, — dedi "Bavariya" bosh murabbiyi.

Maʼlumot oʻrnida, amaldagi Bundesliga chempionlari 19 ta uchrashuvdan soʻng 50 ochko toʻplagan holda, peshqadamlik qilmoqda. 2- oʻrindagi "Borussiya Dortmund" esa 19 ta turdan soʻng 42 ochko jamgʻargan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q