Kompani "Siti"da Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkinmi?

  • 23.12.2019 23:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi sobiq himoyachisi Vensan Kompani jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkinmi degan savolga javob berdi.

“Bu kulguli, bu haqda o‘ylab ko‘rmaganman. Agar men “Manchester Siti” rahbari bo‘lsam, Gvardiolani imkon qadar ko‘proq jamoada olib qolish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilgan bo‘lardim. U aslida eng zo‘ri”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida “shaharliklar” uning qo‘l ostida 2 karra Angliya chempioni, Angliya liga kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!