
Konor endi Usmanning kamariga "ko‘z olaytiryapti"
Irlandiyalik aralash jang san’atlari ustasi Konor MakGregor o‘z "Instagram" sahifasida Kamaru Usmanning Xorxe Masvidal ustidan qozongan g‘alabasiga bag‘ishlab post qoldirdi:
"Usman endi mening zarbalarimni ham ko‘chira boshladi. Men bu bolakay bilan qachondir jang qilamanmi? Menimcha, shunday. Mening zarbalarim va so‘zlarimni ko‘chira turib, bu taxlit yurib bo‘lmaydi.
Menga 170 (vazn toifasi) yoqyapti. U tez orada meniki bo‘ladi", - deb yozdi MakGregor.
MakGregor 10 iyul sanasidagi "UFC 264" turniri doirasida Dastin Porega qarshi uchinchi jangda maydonga tushadi.
Fikrlar