"Konya-2021". Bugun qaysi sportchilarimiz O‘zbekiston sharafini himoya qiladi?

  • 17.08.2022 09:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyada Islom birdamligi o‘yinlari yakunlanish arafasida. Bugun terma jamoamiz vakillari 7 sport turida g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Vakillarimiz dzyudo bahslaridagi ishtiroklarini yakunlashgan bo‘lsa, bugundan karatechilarimiz ham bahslarga kirishadilar.

Basketbol 3x3, yarim final: O‘zbekiston – Ozarbayjon

Sport gimnastikasi: Oksana Chusovitina, Ominaxon Halilova, Dildora Aripova (ko‘pkurash)

Karate: Shahrizoda Ismatullaeva (-50 kg), Sevinch Rahimova (-55 kg), Vorisxon Zayniddinov (-60 kg), Sadriddin Saymatov (-67 kg), Dostonbek Otabolaev (-75 kg)

Kamondan otish: yakkalik, jamoaviy va mikst dasturlar (Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy)

Qilichbozlik: Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo‘minov, Javohir Nurmatov (jamoaviy shpaga, erkaklar), Umida Ilyasova, Kamila Mirzaeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (jamoaviy rapira), Shahzoda Egamberdieva, Sevara Rahimova, Dilnaz Murtazaeva, Marjona Zubaydulloeva (jamoaviy shpaga, ayollar), Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Zuhriddin Qodirov, Sherzod Mamutov (jamoaviy sablya)

Suzish: Sitora Odilova (200 m brass), erkaklar va ayollar 4x100 kompleks estafeta, Oybek Xo‘jaev va Eldorbek Usmonov (50 m batterflyay), Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (100 m erkin)

Kikboksing: 20 nafar sportchi.

MOQ matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!