"Konya-2021". O‘zbek qilichbozlari yana ikkita medal qo‘lga kiritdi

  • 16 avgust, 2022, 23:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kuni nihoyasiga etib bormoqda.

Tecno

Bugun qilichbozlarimiz yana bir nechta medalga sazovor bo‘ldi. Bu gal shpagachimiz Shahzoda Egamberdieva katta sahnaga chiqdi. 18 yoshli Egamberdieva finalgacha barcha raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Aleyna Erturkka imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohiblari qatoridan joy oldi.

Shuningdek, qoraqalpoq qilichbozlik maktabining iste’dodli vakillaridan biri Musa Aymuratov Islom birdamligi o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarildi. Sablyachimiz yakkalik dasturida yarim finalgacha etib borib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!