Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Kopa Amerika". Argentining pley-offdagi raqibi aniq

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

O‘yin sanasi bilan tanishing!

Argentina "Kopa Amerika"ning guruh bosqichidan birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Jamoaning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi. 

"B" guruhida Ekvador ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda 1/8 finalga yo‘l oldi. Aynay shu jamoa Skaloni shogirdlariga qarshi o‘ynaydi. Ekvadorliklar bitta mag‘lubiyat, bitta durang va bir g‘alaba bilan turnirda o‘z yurishini davom ettirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs 5 iyul kuni soat 06:00da bo‘lib o‘tadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q