Koul Palmer: "Hali birorta oʻyinga toʻliq tayyor holatda chiqmadim"

  • 08.02.2026 01:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer tan oldiki, faoliyatida ilk bor jiddiy jarohat muammolariga duch kelmoqda. 23 yoshli futbolchi shanba kuni APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bahsda (3:1) xet-trik qayd etdi. Uchinchi golgacha bo‘lgan barcha to‘plar birinchi bo‘limda kiritildi, ikkitasi penalti dan amalga oshirildi.

"Bu mavsumgacha faoliyatim davomida hech qachon jarohat bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaganman. Men uchun bu yangi holat va hali ham bu bilan qanday kurashishni o‘rganyapman. Albatta, bu xafa qiladi.

O‘ylashimcha, bu mavsumda birorta ham o‘yinga yuz foiz tayyor holatda chiqmagnan. Maydonga tushar ekanman, doim o‘zimdan so‘rayman: "Buni qila olamanmi, yoki boshqasini-chi?" Bu haqida juda ko‘p o‘ylab yuboraman", – dedi Palmer.

"Chelsi" yetakchisi joriy APL mavsumida 14 ta o‘yinda 7 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!