Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Kreychikova hamda Sinyakova finalda

Zohir2018
Izohlar: 0

"BNP Paribas Open"ning dastlabki finalchilari aniq bo‘ldi

Chexiyalik Barbora Kreychikova hamda Katerjina Sinyakova Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning juftliklar o‘rtasida final bosqichiga chiqishdi.

Barbora va Katerjina yarim finalda tayvanlik Latishu Chan va Xao-Chin Channi 5:7, 7:6, 10:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi turnirning final bahsida Kreychikova hamda Sinyakova kanadalik Gabriela Dabrovski va xitoylik I-Fan Syu, yoki belgiyalik Elize Mertens va belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q