Kroos "Barsa" EChLni yutmasligini aytdi

  • 15.01.2026 17:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Kataloniyaning "Barselona" klubi bu mavsumda birorta ham xalqaro sovrin yutmasligini aytdi.

- "Barselona" Ispaniya Superkubogidan juda mamnun, ammo endi ularni Chempionlar Ligasi kutib turibdi, u yerda yuqoriroq darajadagi raqiblar bilan o‘ynashadi.
"Ular hech qanday xalqaro unvonni qo‘lga kiritmaydi, har holda, men shunday deb o‘ylayman", - deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichida 15-o‘rinni egallab turibdi. "Ko‘k-anorranglilar" o‘tkazilgan oltita o‘yin natijasiga ko‘ra 10 ochko jamg‘arishgan. YEChL 7-turida "Barselona" "Ayntraxht"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!