Kroos: "Muammo germaniyalik futbolchilarning jismoniy holatida emas..."

  • 03.12.2022 16:34
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning jahon chempionatini tark etishi haqida fikr bildirdi.

Xabaringiz bor, nemislar turnirdagi yurishini guruh bosqichida to‘xtatdi. Yaponiya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan bir kvartetdan joy olgan Flik shogirdlari so‘nggi tur natijalariga ko‘ra uchinchi o‘rinni egallashdi.

"Germaniyaning Jahon chempionati guruh bosqichida ketma-ket ikkinchi marta qolib ketishi alamli hol. Menimcha, muammo futbolchilarning jismoniy holatida emas, avtomatizm va barqarorlikning yo‘qligidan kelib chiqdi", — deydi Kroos Magenta TV telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunida Kroos "Real" bilan shartnomasini yakunlaydi. Avvalroq futbolchi Evro-2020dan keyin xalqaro faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!