Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kulushevski «Tottenxem» tibbiy shtabi ishini tanqid qildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Tottenxem» futbolchisi Deyan Kulushevski tizza jarohatidan keyingi tiklanish uchun klub tibbiy xizmatidan noroziligini ochiq tanqid qildi.

«Tottenxem» vingeri Deyan Kulushevski tizzasidan olgan jarohatidan tiklanish davrida klub tibbiy shtabi ishidan ko'ngli to'lmaganini ma'lum qildi. Shvetsiyalik futbolchi rasmiy uchrashuvlarga qaytishidan oldin 500 kundan ortiq vaqtni o'tkazib yubordi.

26 yoshli futbolchi Fotbollskanalen nashriga bergan intervyusida yozda unga tizza bo'g'imini almashtirish operatsiyasi taklif qilingan, biroq u bundan bosh tortganini aytdi.

«Butun yoz davomida yana bir operatsiya o'tkazish masalasida boshqa shifokorlar bilan maslahatlashdim. Gap tizza bo'g'imini almashtirish haqida borayotgandi — o'z tizzam o'rniga boshqa odamning tizzasi qo'yilishi kerak edi. Men bundan bosh tortdim. Agar o'yin paytida og'riq sezsam, og'riqqa qaramay maydonga tushishimga to'g'ri keladi.

Bunga ko'pchilik ishonmadi, ko'pchilik shubha bilan qaradi. Hatto klubdagilar ham. Ayrim insonlardan xafa bo'ldim, biroq shu bilan birga hammani kechirishim kerak. Ba'zan senga ko'proq yordam berishlarini xohlaysan. Ammo barchamiz bu biznesning bir qismi ekanimizni tushunaman», — dedi futbolchi.

«Tottenxem» tibbiy shtabi avval ham futbolchilarning uzoq vaqt davomida tiklanishi sabab tanqidga uchragan. Jamoaning sobiq sardori Kristian Romero ham jarohatidan keyin klub ixtiyorida emas, balki Argentina davolanish kursini o'tagan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q