Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Kunde yosh jamoadoshlarining xatti-harakatlaridan norozi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

"Ularning shovqinidan boshim og‘rib ketadi"

"Barselona" safida ko‘plab yosh futbolchilar bor - ularning ayrimlari ishtirokisiz Xans-Diter Flik jamoasining yutuqlarini tasavvur qilish qiyin.

"Ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Jyul Kunde yosh jamoadoshlari haqida fikr bildirdi.

- Kiyinish xonasida yosh o‘yinchilarimiz o‘zlarini xuddi yosh boladay tutishadi. Ular shunchalik shovqin ko‘tarishadiki, boshim og‘rib ketadi, - dedi 26 yoshli frantsiyalik futbolchi.

Yaqinda Kunde Kataloniya grandi bilan yangi shartnoma imzoladi - kelishuv 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q