Kurtua: "Barsa" bu yulduzning qadriga yetmayapti
Raqib haqida fikr bildirdi
«Real» (Madrid) darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona» hujumchisi Rafinya Diasning oʻyinidan katta taassurot olganini maʼlum qildi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda «Barselona» safida oʻtkazgan sakkiz uchrashuvda 14 ta gol urib, yana uch bor hamjamoadoshlariga golli pas berdi.
- Menga Rafinya juda yoqadi. Ehtimol, uni yetarlicha qadrlashmayotgandir. U jamoasi uchun juda muhim futbolchi, koʻp gol uradi. Biz «el-klasiko»da uni toʻxtatishimiz kerak, – deya Kurtua soʻzlarini keltiradi Madrid Zone nashri.
«Barselona» va «Real» oʻrtasidagi navbatdagi toʻqnashuv 25 oktyabr kuni kataloniyaliklar maydonida boʻlib oʻtadi.
Hozircha Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa yetti turdan soʻng 21 ochko jamgʻarib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Qaymoqranglar» esa 15 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

Izohlar (0)