Kurtua faoliyatini «Real»da yakunlamoqchi

  • 12.06.2026 12:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi darvozaboni, belgilaylik Tibo Kurtua o‘zining «qirollik klubi»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar u yuqori saviyada o‘ynashda davom etsa, shartnomani uzaytirish masalasida hech qanday muammo bo‘lmaydi. Shu bilan birga, Kurtua ma’lum vaqt o‘tgach, «Real» rahbariyati uning o‘rnini bosadigan darvozabon qidirish haqida o‘ylay boshlashini ham ta’kidladi.

 

«Men uchun eng ideal variant – kar’yeramni aynan Madrid klubida yakunlash bo‘lar edi», – dedi Kurtua.

 

Ma’lumot uchun, 34 yoshli belgilaylik darvozabonning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Tibo Kurtua Ispaniya chempionatida «oqlar» tarkibida 32 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning 13 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!