Kurtua: "Real" hali Xabi Alonsoning uslubiga moslashib ulgurmadi"

  • 19 iyun, 15:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Al-Hilol"ga qarshi uchrashuvda so‘ng (1:1) "Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua jamoa hali Xabi Alonso uslubiga to‘liq moslasha olmaganini ta’kidladi:

Tecno

"Xabi Alonso o‘z uslubida o‘yin ko‘rishni istaydi. Himoyada ham, hujumda ham yangi yondashuv talab etiladi.

Biz to‘rt yil davomida Karlo Anchelotti boshchiligida o‘ynadik va ba’zi ishlarni avtomatik ravishda amalga oshiramiz.

Yangi murabbiy talablariga moslashishimiz kerak, lekin bu to‘rt kunda amalga oshmaydi.

Biz harakat qilyapmiz, videolarni ko‘ryapmiz, ko‘p gaplashyapmiz — barchasi yaxshilanadi. Bu birinchi o‘yindan juda ko‘p saboqlar chiqaramiz" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi belgiyalik posbon. 

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 22 iyun kuni "Pachuka"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!