Kurtuaning fikricha hakam ikki penaltini ham to‘g‘ri belgilagan
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi dastlabki turida "Marsel" darvozasiga belgilangan ikkita penaltini to‘g‘ri deb baholadi.
- Mening nazarimda, ikkala penalti ham - to‘g‘ri belgilangan, - dedi Kurtua o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda.
"Qaymoqranglilar" irodali g‘alabaga erishdi - 2:1. Uch ochko Kilian Mbappening dubli tufayli qo‘lga kiritildi - frantsiyalik futbolchi 28 va 81-daqiqalarda 11 metrlik jarima to‘plarini aniq amalga oshirdi. Ikkinchi penalti epizodi bahslarga sabab bo‘ldi va "Marsel" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi hakamning qaroridan noroziligini ochiq-oydin bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi turda "Real" safarda "Qayrat"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar
гирром билан ютганини тан олармиди