Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kutilmaganda Rodri oldida "Barselona" varianti paydo bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat istalgan paytd oʻzgarib ketishi mumkinVaziyat istalgan paytd oʻzgarib ketishi mumkin

«Manchester Siti»ning markaziy yarim himoyachisi Rodri yaqin vaqtlarda jamoani tark etib, yana Ispaniyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paydi. 

Oxirgi soatlar, kunlar va haftalar davomida matbuotda uning «Real» safiga o‘tishi ehtimoli keng muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, El Nacional nashrida chop etilgan maqolada ta’kidlanishicha, agar Rodri uchun «Real» varianti amalga oshmay qolsa, 29 yoshli futbolchi uchun yana bir yo‘nalish sifatida «Barselona» ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ma’lumki, «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong olgan jarohat jamoa markazidagi vaziyatni jiddiy o‘zgartirdi. Shu sababdan bosh murabbiy Hans-Diter Flik endi yuqori darajadagi yangi yarim himoyachini jamoaga qo‘shib olish ehtimolini inkor etmayapti.

Shu bilan birga, manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha «Barselona» klubi Rodri bo‘yicha aniq harakatlarni boshlagani haqida ma’lumot yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q