KXL Prezidenti: Kelgusi mavsumdanoq "Osiyo" divizioni tashkil etilishi mumkin

CHERY AUTO

"Men strategiyaga muvofiq harakat qilishni, kuchsiz klubni ligadan tushirib yuborishni taklif qildim. Ammo KXLda Uzoq Sharq hududini rivojlantirish borasida rejalar bor. Divizionlarning strukturasini o‘rganish uchun ishchi guruh tuzish vazifasi qo‘yildi.

Tecno

Kelgusi mavsumdanoq bizda yangi divizion - "Osiyo" paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, yangi klublar paydo bo‘lsa, G‘ardiy Evropa mintaqasini ham ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Hech kimga sir emas, ko‘plab variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

Matematik nuqta’i nazardan 24 jamoa eng optimal  variant, hozir Uzoq Sharq mintaqasi sabab 25 jamoa uchun ovoz berildi. Bizda boshqa o‘lkalarda ham divizionlar tuzilsa, ichki o‘yinlar ko‘payadi. 

Shu bois bu borada ishchi guruh tuzib chiqildi. Jamoalar soni ortishini ham istisno etmagan bo‘lardim", - deb Chernishenkoning so‘zlarini keltirib o‘tdi Championat.com.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Osiyo divizioni tashkil etilib, unda O‘zbekistondan ham jamoa ishtirok etishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!