La Liga, Ronalduni kutib ol!

  • 26 fevral, 09:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatiga kirib borishi kutilmoqda. 40 yoshli futbolchi o‘ziga “Valensiya” klubini sotib olishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Footmercato nashrining ma’lum qilishicha, “Valensiya”ning hozirgi xo‘jayini Piter Lim klub aktsiyalarini Ronalduga sotishga qaror qilgan.

Peter Lim anchadan beri Krishtianu bilan hamkorlik qilib keladi. Ular birgalikda bir necha kompaniyalar boshqaruviga ekalik qiladi. Ronalduning imidj huquqini aynan Peter Lim boshqaradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Lim “Valensiya” aktsiyalarini joriy mavsum oxirigacha sotuvga qo‘yadi. Ronalduning o‘zi bu savdoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xarajatlarning bir qismini Saudiya Arabistoni investitsiya jamg‘armasi qoplashi kelishilgan.

“Valensiya” hozir qiyin ahvolda. Jamoa La Ligada qolish uchun kurashmoqda. Valensiyaliklar ayni paytda xavfli hudud – 18-pog‘onada joylashgan va ligada qolish uchun “Las-Palmas”, “Leganes” hamda  “Alaves” bilan raqobatlashyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!