La Liga «Barselona» — «Real» uchrashuvida 17 ta qoidabuzarlikni qayd etdi
«El Klassiko»da La Liga tribunalarida 17 ta qoidbuzarlikni qayd etdi, shulardan 10 tasi «Barselona» muxlislari hissasiga to‘g‘ri keldi
Ispaniya chempionatining 10-turida «Real» safarda «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Marca nashri xabar berishicha, La Liga ushbu uchrashuv davomida muxlislar tomonidan sodir etilgan 17 ta qoidabuzarlikni qayd etgan. Ularning 10 tasi «Barselona» muxlislari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular Eduardo Kamavinga, Mark Kukurelya va Xose Mourinyuni haqorat qilgan. Qolgan 7 ta holat esa «Real» muxlislarining «Barselona» futbolchilariga nisbatan haqoratli xatti-harakatlari bilan bog‘liq.
Ayni paytda «Barselona» 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar (0)