La Liga. "Barselona" safarda "Selta"ni mag‘lub etdi va "Real" bilan ochkolar farqini qisqartirdi
La Liganing 12-turidan o‘rin olgan bahsda "Selta" o‘z maydonida "Barselona"ga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Robert Levandovski hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Serxio Karreyra hisobni tenglashtirdi. 37-daqiqada Reshfordning uzatmasidan so‘ng Levandovski dublni rasmiylashtirdi. Ammo 43-daqiqada Iglesias uzoq masofadan aniq zarba berib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Hakam tomonidan birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lamin Yamal "Barselona"ni yana oldinga olib chiqdi. Polshalik hujumchi 73-daqiqada uchinchi golini urib, xet-trikni qayd etdi.
Shu tariqa, Hansi Flik shogirdlarining ochkolari 28 taga etdi. Kataloniyaliklar peshqadam "Real Madrid"dan 3 ochko kam to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Selta
- Borja Iglesias 43'
- Sergio Carreira 11'
10.11.2025 01:00
Barselona
- Lamine Yamal 45'
- Robert Lewandowski 37'
- Robert Lewandowski 73'
- Robert Lewandowski 10'
Fikrlar