
La Liga prezidenti "el-klasiko" borasida nima deydi?
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" va "Real" klublarining qarama-qarshiligi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"El-klasiko" hamon o‘z darajasida. La Liga uchun bu navbatdagi oddiy bahs, ammo intrigasi yuqori bo‘lgan uchrashuv, jahonning eng kuchli ikki klubi to‘qnashuvi!
Bu hali ham klub miqyosida dunyoning eng muhim bellashuvi sanaladi," - dedi Tebas.
"Kamp nou" stadioni 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da "Barselona" va "Real" qarama-qarshiligiga mezbonlik qiladi.
Fikrlar