Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

La Liga. "Real Madrid" "Valensiya"ni yanchib tashladi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi

Ispaniya La Ligasining 11-turida "Real Madrid" o‘z uyida "Valensiya"ni qabul qilib, 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlabki gol 19-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritildi. Frantsiyalik yulduz 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni ochdi. 31-daqiqada esa Mbappe dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, bo‘lim yakunlanayotganda Jud Bellingem hisobni yiriklashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasida Karreras chiroyli gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q