Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Laporta "Barsa"ga qiyin vazifa qoʻydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Buni uddalash oson bo‘lmaydi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubning yaqin yillar uchun asosiy maqsadlarini ochiqlab berdi. Uning taʼkidlashicha, kataloniyaliklar har bir musobaqada chempionlik uchun kurashishni niyat qilgan.

- “Barselona”da doimiy maqsad – barcha titullar uchun kurashish. Bu ambitsiya bizning tariximiz va klubimiz shaxsiyatiga chuqur singib ketgan. 

La Ligada ham, Yevropa Chempionlar ligasida ham, Ispaniya kubogi musobaqasida ham oxirigacha kurashishni istaymiz. 

Amo yutuq faqat sovrinlar bilan o‘lchanmaydi. Biz uchun o‘yin uslubi ham juda muhim. Tomoshabinlar va muxlislar faxrlanadigan, jozibali, hujumkor va jasur futbol ko‘rsatadigan jamoa qurishni xohlaymiz», – dedi Laporta.

Hozircha «Barselona» La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniya klubi 33 ochko jamg‘argan va 2-o‘rinda borayotgan «Real»dan 3 ochkoga oldinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q