Laporta: «Bu mavsumdagi maqsadimiz — Chempionlar ligasida g‘olib chiqish»
«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatli oʻyini haqida fikr bildirdi. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida ketma-ket 11 ta gʻalabaga erishdi.
20 oktyabr, seshanba kuni «koʻk-anorranglilar» Chempionlar ligasi doirasida safarda «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.
«Barselona» koʻp mehnat qilayotgani, masʼuliyat va intizom bilan ish olib borayotgani uchun ustunlikka erishmoqda. Maqsadimiz — Ispaniya futbolidagi ustunligimizni davom ettirish. Shuningdek, Yevropa futbolida ham yetakchilik qilishni istaymiz. Bu yil oldimizga Chempionlar ligasida gʻolib chiqish vazifasini qoʻyganmiz. Soʻnggi yillarda bizdan uzoqlashib kelayotgan ushbu sovrinni qoʻlga kiritishni xohlaymiz», — deya Laportaning soʻzlarini The Touchline nashri keltirdi.
Ispaniya chempionatida «Barselona» 9 ta turdan keyin 27 ochko jamgarib, peshqadamlik qilmoqda. 25 oktyabr, yakshanba kuni kataloniyaliklar oʻz maydonida Madriddning «Real» klubini qabul qiladi. Madriddliklar La Ligada raqibidan 6 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar