Laporta: “Messi bilan munosabatlarimiz buzilgan”
"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi va argentinalikning 2021-yilda Kataloniya klubini tark etishi bilan bog‘liq vaziyat haqida so‘zlab berdi.
"Biz yangi shartnoma imzolashni istamadik, chunki buni klub uchun zararli deb hisobladik. "Barselona" futbolchilar, direktorlar va prezidentlardan yuqori va biz bunga yo‘l qo‘ya olmasdik. Prezident sifatida men uchun eng achinarlisi shu. Bular Kuman, Xavi, Pike va boshqalar ketgandagi kabi achinarli lahzalar edi. Bu og‘ir damlar, lekin biz bunga chiday olmadik. Uning shartnomasini uzaytirish bilan bog‘liq to‘lovlar juda katta edi va shuning uchun u o‘ynashni davom ettira olmadi.
Men Messi va boshqa futbolchilarni birinchi prezidentlik davrimdan beri bilaman va vaqt o‘tishi bilan ularga bog‘lanib qolasan, ularni qadrlay boshlaysan. Bu futbolchilarning barchasidan juda minnatdormiz, ammo "Barsa" ham ular uchun ko‘p ish qildi. Bu amalga oshmadi va Leo klubdagi faoliyatini davom ettira olmadi.
Messi bilan munosabatlar buzilgan. "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida ham bir voqea bo‘ldi, men unga salom berish uchun bordim, u esa salomlashmasligimiz kerak deb hisobladi. O‘shandan beri biroz yaqinlashuv yuz berdi va biz bu kelajakda ham sodir bo‘lishiga umid qilamiz. Munosabatlar keskin, ammo u "Barselona" afsonasi", - deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Messi "Barselona"da 17 yil (2003-2021) o‘ynab, klubning haqiqiy afsonasiga aylandi. Bu vaqt ichida u 778 ta o‘yinda 672 ta gol urdi, 35 ta sovrin, jumladan, 10 ta La Liga va to‘rtta Chempionlar Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar