Laporta "Oltin to‘p" haqida: "Chempionlar Ligasidagi g‘alaba ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi"
Joan Laporta "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda Lamin Yamalning ikkinchi o‘rinni egallaganligi haqida fikr bildirdi.
"Barselona" hujumchisi o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi sovrini uchun o‘tkazilgan ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Sovrinni PSJ hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Lamin Yamal ketma-ket ikkinchi marta mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga sazovor bo‘ldi.
- Hech kimda Raymon Kopa nomidagi ikkita mukofot yo‘q. Ishonchim komilki, endi Yamal "Oltin to‘p" uchun kurashadi.
Juda hayajonli lahzalar bo‘ldi, sababi zaldagi bir necha kishi "Usmon, Usmon!" deya hayqirardi. "Barsa"dan kelgan bir necha kishi esa "Lamin, Lamin!" deya qo‘llab-quvvatladi. Ishonamanki, bunday natija Laminni yanada ruhlantiradi.
Umidimiz bor edi. Bizdan Rafinya, Lamin va Pedri nomzod etib ko‘rsatilgandi. Lamin va Dembele finalga chiqdi. Menimcha, Chempionlar Ligasidagi g‘alaba ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, - dedi "Barselona" prezidenti Joan Laporta.



Fikrlar