Laporta: Ronalduning agenti bilan aloqadamiz

  • 31 iyul, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Krishtianu Ronalduning agentlari portugaliyalik to‘purarni Kataloniya superklubiga joylamoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Ronalduni bizga taklif qilishayotgani rostmi? Bunaqa vaziyatlar yozgi transferlar oynasi davrida oddiy hol. Haqiqat shuki, biz Levandovskiga xaridor edik. Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan do‘stona aloqamiz bor.

Lekin bu mavsum biz bor e’tiborimizni Levandovski transferiga qaratdik. “Bavariya” bilan muzokaralarimiz haqiqiy katta ish bo‘ldi. Siz so‘rayotgan qolgan narsalar futbol ichidagi kichkina narsalar hisoblanadi.

Ronaldu katta professional va hamon yuqori formada. Uning olidida juda ko‘p variantlar borligiga aminman, lekin u hozir “Manchester Yunayted” o‘yinchisi. Men bu klubni hurmat qilaman.

Ronalduning kelajagi menga tegishli emas, bu futbolchi va “Yunayted” o‘rtasidagi masala, - dedi Joan Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!