"Latsio" dunyoning eng mashhur fashistlaridan birining evarasi bilan shartnoma imzoladi
Italiyalik fashistlar etakchisi Benito Mussolinining evarasi Romano Floriani Mussolini "Latsio" bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi rimliklar bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekgan.
“Birinchi professional shartnomamni “Latsio” bilan tuzganimdan xursandman. Yaqin 3 yilni ushbu klub libosida o‘tkazishdan baxtiyorman”, - dedi Romano.
“Latsio” 28 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar