Leau "Milan"dan ketadimi?
"Milan" bosh direktori Jorjio Furlani jamoa hujumchisi Rafael Leauning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Leu jamoada qoladi. U uzoq muddatli shartnoma imzoladi va shu erda qolishni istaydi", - deya funktsionerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Portugaliyalik futbolchi 2019 yildan beri “Milan” safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli vinger barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar