Legionerimiz assist qilgan o‘yinda "Zenit" yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 19 noyabr, 2021, 23:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPL 15-turidan o‘rin olgan "Zenit" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Mehmonlar safida Dzyuba xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Malkom va Chistyakov bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarning yagona goli Kozlov tomonidan urildi. Qizig‘i, mazkur golga hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev assistentlik qildi. 

Ushbu natijadan so‘ng "Zenit" ochkolari sonini 33 taga etkazib olib, RPL turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. 14 ochkosi bor "Nijniy Novgorod" ayni damda 13-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!