Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Legionerlarimizdan bugun gol kutamiz!

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Arab diyorlarida to‘p surayotgan hamyurtlarimiz – Aziz G‘aniev hamda Jaloliddin Masharipov jamoalari bugun o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Jumladan, G‘aniev o‘ynayotgan “Shabab Al-Ahli” BAA chempionatining 14-turi doirasida o‘z maydonida “Emireyts” klubini qabul qiladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.

Masharipov o‘ynaydigan “Al-Nassr” esa Saudiya Arabiston chempionatining 18-turi doirasida o‘z maydonida “Al-Tai” klbini qabul qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:20 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q