Lempard Premier-ligaga qaytishi mumkin: "Bornmut" murabbiyga qiziqmoqda
Angliyalik mutaxassis Frenk Lempard yaqin orada yana Premier-ligada ish boshlashi mumkin.
Britaniya matbuotining xabar berishicha, hozirda "Koventri"ni boshqarayotgan murabbiyga "Bornmut" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbalarga ko‘ra, jamoaning amaldagi ustozi Andoni Iraola mavsum yakunida klubni tark etadi, shu bois klub yangi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirmoqda va Lempard ham asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, "Bornmut" 32 turdan keyin 45 ochko bilan Premier-liga jadvalidа 11-pog‘onadan joy olgan. So‘nggi turda jamoa safarda Londonning "Arsenal" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, sensatsion g‘alabaga erishdi.
Lempard esa "Koventri" bilan juda muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazmoqda. Uning jamoasi Chempionship jadvalidа ishonchli tarzda peshqadam bo‘lib turibdi va Premier-ligaga qaytish arafasida.

Fikrlar