Lеmpardning "Chelsi"ga qaytishi istisno etilmayapti

  • 26.04.2026 14:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Koventri" bosh murabbiyi Frenk Lempard yozda "Chelsi"ga qaytishi mumkin.

Jurnalist Nizar Kinsella ma'lumotiga koʻra, ingliz mutaxassisining ehtimoliy qaytishi "aristokratlar" muxlislarini yanada jalb qilishi mumkin. Shuningdek, Lempard London klubi rahbariyati bilan mustahkam aloqalarni saqlab qolgani aytilmoqda va shu bois uning yozda "Chelsi"ga qaytishi toʻliq rad etilmayapti.

Eslatib oʻtamiz, Frenk Lempard "Chelsi"ni 2019–2021 yillarda, shuningdek 2023 yilda ham boshqargan. U futbolchilik faoliyati davomida 2001 yildan 2014 yilgacha London klubi sharafini himoya qilib, jamoa bilan 13 ta sovrin yutib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!