"Lester" va "Tottenxem" quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida
Angliya futbolida kutilmagan vaziyat yuzaga kelishi mumkin — "Lester" ham, "Tottenxem" ham mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketish ehtimoli bilan yuzlashmoqda.
"Lester Siti" Chempionship jadvalidа 23-o‘rinni egallab turibdi. Mavsum tugashiga faqat 4 tur qolganda, jamoa 21-o‘rindagi xavfsiz zonadan 4 ochko ortda qolmoqda. Shuningdek, klub moliyaviy qoidalarni buzgani uchun 6 ochkodan mahrum etilgani vaziyatni yanada qiyinlashtirgan.
"Tottenxem" esa Premier-ligada 18-o‘rinda bormoqda va 17-pog‘onadagi "Vest Xem"dan 2 ochko ortda.
Qiziqi shundaki, bu klublar bor-yo‘g‘i 10 yil oldin Angliya chempionligi uchun kurash olib borgan edi. O‘sha mavsumda "Lester" sensatsion tarzda chempion bo‘lgan, "Tottenxem" esa 3-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar