Levandovski ikki top-klubdan chorlov oldi

  • 11.04.2026 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bilan shartnomasi tugab borayotgan 37 yoshli hujumchi Robert Levandovski kelasi yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.

Polshalik futbolchiga hali yangi shartnoma taklif etilmadi. Robertning o‘zi Kataloniyada qolish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor. Biroq klub hali ham yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, tajribali to‘purarga Italiya ning ikki mashhur klubi – “Yuventus” va “Milan”dan so‘rov kelgan.

Har ikki klub hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda va Levandovski “Barsa”dan ketadigan bo‘lsa, u bilan darhol muzokaralarni boshlashga tayyor.

Robert Levandovskiga “Chikago Fayr” ham aniq taklif yuborgan. Bundan tashqari, Levandovski Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari nishonida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!