Levandovski jamoadoshlariga yoqmaydigan gap aytdi
Polsha terma jamoasi hujumchisi va sardori Robert Levandovski milliy jamoada o‘zi bilan o‘ynayotgan futbolchilar darajasi haqida gapirdi. Uning so‘zlari pllyshalik charm to‘p ustalariga yoqmagani aniq.
- Ko‘p yillar davomida milliy terma jamoadagi sheriklarim men klublarda o‘rganib qolgan darajada o‘ynay oladi, deb kutardim. Bu katta xato ekan va men buni keyinroq angladim.
Sardor hech qachon hammaga yoqavermaydi. Sardor kimgadir yoqmasa ham, yo‘nalishni belgilab berishi kerak, - dedi Robert Levandovski.
Robert professional futbolchilik faoliyatini o‘z yurtida “Lex” jamoasida boshlagan bo‘lsa-da, keyin faqat top-ligalarning yetakchi klublarida o‘ynab kelmoqda. Dastlab Germaniya Bundesligada “Borussiya Dortmund” va “Bavariya” sharafini himoya qilgan
Fikrlar