Levandovskiga yangi variant chiqdi

  • 07.06.2026 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik jurnalist va insayder Fabrizio Romano Ispaniyaning “Barselona” klubini tark etayotgan polshalik hujumchi Robert Levandovskiyning kelajagi haqida ma'lumot berdi.

- “Fenerbahçe” Robert Levandovskini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Uning vakillari bilan dastlabki aloqalar o‘rnatilgan. Hozircha Levandovski barcha variantlarni baholab chiqishga e'tibor qaratyapti, - deb yozdi Fabrizio Romano.

Avvalroq, 37 yoshli Robert Levandovski joriy mavsum yakunida “Barselona”ni tark etishini rasmiy e'lon qilgan edi.

Polyak hujumchisi kataloniyaliklar safida 193 ta o‘yinda qatnashib, 120 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

“Fenerbahçe” o‘tgan Turkiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, yana bir bor chempionlikni “Galatasaroy”ga boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!