Liga 1. Dembele dubl qayd etgan bahsda PSJ yirik hisobda "Lill"ni taslim etdi

  • 17.01.2026 03:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Liga 1ning 18-turidan o‘rin olgan bellashuvda Luis Enrique boshchiligidagi PSJ o‘z maydonida "Lill"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 
 
Fransiyalik hujumchi va "Oltin to‘p" sohibi hisoblangan Usmon Dembele 13 va 64-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi. 90+3-daqiqada esa Bradli Barkola jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, PSJ ushbu uchrashuvdagi g‘alabasi orqali ochkolar sonini 42 taga yetkazib olib, "Lans"ni (40) quvib o‘tdi. Shuningdek, Husanovning sobiq jamoasi bu turdagi o‘z o‘yini endi o‘tkazadi.

  • Fransiya - Liga 1
  • Joriy Mavsum
591.png

PSJ

  • Bradley Barcola 90'
  • Ousmane Dembélé 13'
  • Ousmane Dembélé 64'
Tugadi
3 : 0

17.01.2026 01:00

690.png

Lill

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!