Liga kubogi. Manchester jamoalari yarim finalda

  • 19 dekabr, 2019, 03:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Amaldagi g‘olib - "Manchester Siti" safarda "Oksford Yunayted"dan 3:1 hisobida ustun keldi. Kanselu va Sterlinglar tomonidan kiritilgan golga mezbonlar safida Teylor bir bor javob qaytardi.


Parallel ravishda kechgan "Manchester Yunayted" - "Kolchester" qarama-qarshiligida esa mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritishdi. 


"Everton" va "Lester" jamoalari o‘rtasidagi bahsning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereyasi"da esa omad "tulkilar"ga kulib boqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!